Prezident 29.05.2018 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlarga doir PQ-3752-son qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda Norma. 
 
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot vazirligi tasarrufiga ötkazildi.
 
U:

• aholi farovonligini oşiriş maqsadida iqtisodiyotni liberallaştiriş, mamlakatning intellektual, texnologik va innovatsion potensialini oşiriş şaroitida strategik rejalaştiriş tizimining ilmiy-metodologik asoslarini şakllantiriş hamda mamlakatni qisqa muddatli, örta muddatli va uzoq muddatli davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni ta'minlaşga yönaltirilgan konsepsiyalar, kompleks, maqsadli, tarmoq va hududiy dasturlarni işlab çiqiş;
• ilğor xorijiy tajriba asosida prognoz modellaştirişning zamonaviy dastaklarini işlab çiqiş, makroiqtisodiy siyosat çoralarining milliy iqtisodiyot, uning alohida sohalari va hududlariga ta'sirini baholaş;
• iqtisodiyotda mahalliy mahsulotlarning içki va taşqi bozorlardagi raqobatbardoşligini, taşqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oşirişga qaratilgan tarkibiy özgartirişlarni işlab çiqiş, mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qiliş va diversifikatsiyalaşning eng muhim yönalişlari böyiça takliflarni tayyorlaş;
• iqtisodiyotni isloh qiliş va liberallaştirişni yanada çuqurlaştiriş, xususiy mulkning ustuvor rolini ta'minlaş, iqtisodiyotni boşqarişning bozor uslublari va mexanizmlarini keng joriy etiş böyiça ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlaş;
• hududlarning investitsion va resurs salohiyatidan samarali foydalaniş, kiçik biznes, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirişni yanada rağbatlantiriş va investitsion muhitni yaxşilaş hisobiga iqtisodiyotdagi mintaqalararo nomutanosibliklarni qisqartirişni nazarda tutadigan hududlarni kompleks va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş strategiyalari va dasturlarini işlab çiqiş;
• resurs tejovçi ilğor va innovatsion texnologiyalarni joriy etişning strategik yönalişlari böyiça takliflar tayyorlaş, iqtisodiyotning energiya samaradorligini oşiriş, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etiş va rivojlantiriş;
• mamlakatimizda oziq-ovqatning davlat zaxirasi va xavfsizligi strategiyasini şakllantirişning metodologik asoslarini işlab çiqişda kömaklaşiş;
• keyinçalik mehnat resurslarining prognoz balanslarini, şuningdek aholiga taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlar  kölamini kengaytirişga qaratilgan innovatsion çora-tadbirlar va mexanizmlarni işlab çiqqan holda demografik rivojlanişning örta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini şakllantiriş;