Munofiqlar haqida eşitganmiz. Ular qanday odamlar böladi? Munofiqlarni boşqalardan ajratuvçi belgilar bormi? Bu haqda ta'lim berar ekanlar, Payğambarimizdan (s.a.v) quyidagi hadis keltiriladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Payğambarimiz (s.a.v) şunday dedilar: “Munofiq odamning a'lomatlari uçtadir:
1. Qaçon gapirsa, yolğon gapiradi;
2. Qaçon va'da bersa, va'dasini ustidan çiqmaydi (ya'ni, va'daga vafo qilmaydi);
3. Unga biror bir narsa omonat qilinsa, omonatga xiyonat qiladi (ya'ni, biror bir narsani omonat qilib berilsa, uni öz egasiga qaytarib bermaydi)”.
Şarh: Körinib turibdiki, munofiqning uç alomati bor ekan. Odamlar bilan suhbatlaşganda, biror bir xabarni yetkazganida yolğon gapiradi. Buni, albatta, öz manfaati uçun qiladi. Ikkinçi belgisi, va'da bersa, uning ustidan çiqmaydi. Bu bilan mas'uliyatni his etmaydi, özida beburdlik illatini şakllantiradi va özgalarni hurmat qilmaydi. Uçinçi belgi – omonatga xiyonat qiliş, ya'ni birovning haqiga xiyonat qilişidir. Bu bilan öziga nisbatan boşqalar işonçini yöqotadi.
Bir söz bilan aytganda, munofiq – tuslanuvçi, ikkiyuzlamaçi odamdir. U özgalar köz oldida Allohga işonuvçi, uning aytganlarini qiluvçi mömin-musulmon bölib körinadi, ammo qalban bu narsalarni tasdiqlamaydi, gunoh işlarda davom etaveradi.
Maqola Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning xulosasi asosida tayyorlandi.











