Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda pasportdagi «millati» ustunini olib tashlash taklif etilmoqda
Foto: KUN.UZ
Mening Fikrim portalida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportida «millati» ustunini olib tashlash haqida taklif paydo bo‘ldi.
Bunday taklif mamlakat xalqini yanada jipslashtirishi, har bir fuqaro o‘zini bir millat sifatida qabul qilishi uchun paydo bo‘lgan. Bu barchamiz uchun kelajakni qurishda albatta ta'sir ko‘rsatadi, deb yozadi murojaat muallifi.
Mamlakatimizda «millati» to‘g‘risida qabul qilingan qator hujjatlarga e'tibor qaratishni xohlayman. Ko‘plab davlatlarda bu grafa o‘zida boshqa ma'noni anglatadi. Millat (nationality) so‘zi etnosga emas, balki mamlakat fuqarolik jamiyatga tegishlilik sifatida tushuniladi. O‘zbekistonning barcha fuqarosi fuqarolik qonunlariga ko‘ra bir millat, biroq, shu bilan birga, ma'lum bir etnosning qismi hisoblanadi, deya ta'kidlaydi tashabbuskor.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston fuqarosi pasportida «millati» grafasini olib tashlashni to‘g‘ri deb hisoblaymiz, deya xulosa qilgan muallif.
Hozircha murojaat 800dan ortiq ovoz olgan.
Mavzuga oid
22:26 / 14.03.2026
Samarqandda SSSR pasporti bilan yurgan ayolga ID karta berildi
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025