Suriya prezidenti Başar Asad Şimoliy Koreyaga taşrif buyuriş va Kim Çen In bilan uçraşiş istagini bildirdi. Bu haqda KXDRning “Nodon sinmun” naşri ma'lum qildi.
Asad bu istagini 30 may kuni Şimoliy Koreyaning Suriyadagi yangi elçisiga işonç yorliğini topşiriş marosimida bildirgan. Ta'kidlanişiça, Asad “Koreyaning birlaşişi amalga oşişiga” işonişini aytgan.
“Suriya hukumati Şimoliy Koreya hukumatining siyosati va qabul qiladigan çoralarini töliq qöllab-quvvatlaşni va döstona munosabatlarni kengaytirişni davom ettiradi”, deb aytilgan xabarda.












