Bugungi izçil islohotlarning namunasi sifatida aholining ijtimoiy hayotini yaxşilaş, hududlarda mahallalarning yangiça körinişdagi guzarlarini bunyod etiş böyiça köplab ijobiy işlar amalga oşirilayotganini aytiş mumkin. Şuningdek, bu borada Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni ijrosi doirasida fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyati samaradorligini oşiriş, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlaş yuzasidan keng kölamli işlar amalga oşirilişi belgilab ötilgan.
Prezident farmoni ijrosi doirasida Toşkent şahrining Şayxontohur tumani “Ipakçi” mahallasida Xalq deputatlari tuman kengaşi deputati Lutfulla Ubayev taşabbusi bilan bolalar maydonçasi qurib, foydalanişga topşirildi.

“Bolalarimiz – bizning kelajagimiz. Biz mana şu kelajagimizning poydevorini töğri qöysak, közlagan oliy maqsadlarimizga sözsiz yetamiz. Bu bolalar yurtda bölayotgan özgarişlarni hozirdanoq his eta borişlari kerak, ana şunda ularning qalbidan joy oladigan Vatan tuyğusi heç qaçon sönmaydi. Mazkur taşabbus 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuniga bayram sovğasi böldi”, - deydi ÖzLiDeP a'zosi Lutfulla Ubayev.

Mahalla fuqarolarining ta'kidlaşiça, bolalar maydonçasining avvalgi holati açinarli ahvolda bölgan. Endlikda yangi maydonçada “Ipakçi”ning 100dan ortiq bolasi sport bilan şuğullanişi mumkin.



















