2017-2018 Global raqobatbardoşlik indeksi versiyasiga köra dunyodagi eng yomon va yaxşi yöllarga ega davlatlar röyxati tuzildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Röyxatdan jahondagi 137 davlat örin oldi. Yöllar sifatida birdan yettigaça bölgan şkalada baholandi, şu bilan birga, bironta davlat ham eng yuqori ballni olmagan. Özbekiston bu reytingda umuman yöq.

Eng yomon yöllar Mavritaniyada ekan, uşbu davlat ikki ball oldi. Undan keyingi örinlarni Kongo Demokratik Respublikasi va Gaiti egalladi, ular 2,1 ball töplagan. Törtinçi va beşinçi örin Madagaskar hamda Gvineyada (2,2 ball). Keyin Yaman (2,3 ball), Paragvay (2,4 ball), Ukraina (2,4 ball), Mozambik (2,5 ball) va Moldova (2,5 ball) boryapti.

Reytingda eng yaxşilar sifatida Birlaşgan Arab Amirliklari (6,4 ball), Singapur (6,3 ball), Şveytsariya (6,3 ball), Gonkong (6,2 ball), Niderlandiya (6,1 ball), Yaponiya (6,1 ball), Fransiya (6 ball), Portugaliya (6 ball), Avstriya (6 ball) va AQŞ (5,7 ball) tan olindi.