Rossiya prezidenti Vladimir Putin «AQŞ va boşqa xorijiy davlatlarning nodöstona harakatlariga ta'sir ötkaziş çoralari töğrisida»gi qonunni imzoladi. Tegişli hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida e'lon qilindi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan boşlab kuçga kiradi.

Hujjat AQŞ va boşqa mamlakatlarning nodöstona harakatlariga javoban qarşi sanksiyalarni joriy etiş imkonini beradi. Çoralar davlatlar, ularning yurisdiksiyasi ostida bölgan taşkilotlar, şuningdek, mansabdor şaxslar va fuqarolarga nisbatan qöllanilişi mumkin.

Loyihaning mualliflari Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin va fraksiyalar rahbarlari böldi. Şu bilan birga, hujjat parlament quyi palatasida körib çiqilganda, uning mazmuni sezilarli darajada özgardi.

Dastlabki tahrirda hukumatga 16ta javob çorasiga huquq berilgan. Ikkinçi öqişga kelib ular oltita qolgan.

Qonun loyihasi boşqa çeklovlarni kiritişga imkon beradi - «özgaruvçan vaziyatga tezkorlik bilan munosabatda böliş uçun prezident qaroriga muvofiq».