Hozirgi kunda bepul kurslar va ta'lim uçun köplab imkoniyatlar mavjud. Biroq biz xorijiy tilni örganiş, OTMga kiriş imtihonlariga tayyorlaniş, yangi sohani egallaş yoki sport bilan şuğullanişni kelajakdagi noaniq muddatga qoldirib, buning uçun qaçondir vaqt ajratişga umid qilamiz.

Haqiqatda esa bu muddat heç qaçon kelmasligi ehtimoli juda katta. Buning uçun vaqt bölmasa ham imkoniyatni aynan hozir izlaşdan özga çora yöq. Masalan, 15 daqiqa qoidasidan boşlaş kerak.

Işni kiçkina narsalardan boşlang

Xorijiy tilni örganiş uçun hozirgi kunda qimmatbaho narsa – juda köp vaqt talab etiladi. Biroq buni har kuni 15 daqiqadan boşlasa ham böladi. Nonuşta vaqti yoki undan keyin, iş orasidagi tanaffus, transport yoki uxlaşdan oldin 15 daqiqa ajratiş.

Bu bizga nima beradi? Kuniga 15 daqiqa şuğullansangiz ham buning uçun yiliga 91 soat sarflaysiz. Bu esa kam emas. Albatta, kuniga 15 daqiqa sarflab, 91 soatda xorijiy tilni töliq örganiş yoki mohir marafonçiga aylanişning imkoni yöq. Biroq aynan 15 daqiqali start yangi maqsadlar sari harakatlanişga yöl qöymayotgan ruhiy tösiq va yalqovlikni yengişga yordam beradi.

Söfitörğay yoki boyöğli?

Biz uçun kerakli 15 daqiqani qayerdan oliş kerak? Dastlab siz kunning qaysi qismi – ertalab, kunduzi yoki keçki paytda faol ekaningizni aniqlab oling. Aynan şu davrda 15 daqiqali rejani boşlang.

Jarayonlarni birgalikda olib boring yoki ularni almaştirib turing

Hatto işxonada jarayondan çalğiş imkoniyati bölmasa ham ofis yoki uyga yetib oliş uçun ketadigan vaqtga diqqatingizni qarating. Balki metro yoki avtobusda ketişni kiçik ta'lim maşğuloti bilan birgalikda amalga oşiriş mumkindir?

Işdan böş vaqtingizda nima bilan maşğul ekaningizni tahlil qiling. Ijtimoiy tarmoqlarda ötirasiz yoki televizor körasizmi? Agar odatlaringizdan voz keçişni istamasangiz (aslida miyangiz bu maşğulotlar vaqtida dam olmaydi), sönggi 15-30 daqiqani foydali işga sarflab, vaqtni qisqartiring.

Ölçamga ega maqsadlar öylab toping

Maqsadsiz şuğullanib bölmaydi. Biroz vaqt ötgaç, bu joningizga tegadi va boşlagan işingizni yarim yölda taşlab ketasiz. Öz oldingizga ölçamga ega aniq maqsadlar qöying.