AZIA kompaniyasi faoliyati ko‘lamini kengaytirib, Germaniya kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Endilikda ushbu kompaniya Germaniya korxonasi bilan gipsokarton va gips zavodini birgalikda quradi.

Yangi loyiha 2020 yilning 1-choragida ishga tushirilishi mo‘ljallanmoqda. U yerda yiliga 20 mln kvadrat metr gipsokarton va 120 ming tonna gips ishlab chiqariladi.

Foto: AZIA

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, ushbu kompaniya mahsuloti ISO standartiga javob beradi. Uskunalar esa EN standartlariga to‘la muvofiq tushadi.

Foto: AZIA

Qayd etish joiz, AZIA gipsokartonlari nafaqat O‘zbekistonda sotiladi, balki qo‘shni davlatlar - Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikistonga ham eksport qilinadi.

Foto: AZIA

Kompaniyaning kelajakdagi rejalari katta. Korxona yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etib, O‘zbekiston rivojiga o‘zining hissasini qo‘shmoqchi.

Reklama huquqi asosida