O‘zbekiston | 16:08 / 17.01.2018
30420
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda gipsokarton taxtalari taqchilligi yuzaga kelishi mumkin

Foto: UzDaily

«KNAUF GIPS BUXORO» MChJ KNAUF gipsokarton taxtalari ishlab chiqarishni 2018 yilning 1 martiga qadar vaqtinchalik to‘xtatdi, bu yangi ishlab chiqarish tarmog‘ining montaj ishlari bilan bog‘liq. Bu haqda Uzdaily xabar tarqatdi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, yangi liniyaning ishga tushirilishi zavod ishlab chiqarish quvvatlarini 30 foizga oshirish imkonini beradi.

«Shu sababli, qurilish bozorlari hamda do‘konlarida KNAUF gipsokarton taxtalarining kichik taqchilligi yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», - deyilgan KNAUF xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «KNAUF GIPS BUXORO» MChJ 2011 yildan KNAUF gipsokarton taxtalarini ishlab chiqaradi. Korxona mahsuloti O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar bozorlariga yetkazib beriladi.

Mavzuga oid