Farmon 17-sentabr kuni Rossiyaning huquqiy axborot rasmiy portalida eʼlon qilindi. Reuters maʼlumotiga köra, Şveysariyaning Nestlé oziq-ovqat konserni va Fransiyaning Auchan çakana savdo guruhiga tegişli Rossiya aktivlari «L.Ye.V. Menedjment» kompaniyasining vaqtinçalik boşqaruviga berilgan.

DW maʼlumotiga köra, farmon jami 81 ta korxonadagi aksiya va uluşlarni qamrab oladi. Röyxatdan Nestléʼning Rossiyadagi tuzilmalari, Auçanʼning şuʼba korxonalari, şuningdek, Fransiyaning FM Logistics va NG Concept logistika kompaniyalari bilan boğliq aktivlar ham joy olgan.

Bundan taşqari, Leroy Merlin tomonidan Rossiyada taşkil etilgan «Le Monlid» kompaniyasidagi ayrim uluşlar ham «vaqtinçalik boşqaruv»ga berilgan.

Yangi farmon böyiça aktivlarni boşqariş «L.Ye.V. Menedjment» kompaniyasiga topşirildi.

Rossiya 2023-yildan beri ayrim xorijiy kompaniyalar aktivlarini «vaqtinçalik boşqaruv»ga ötkaziş mexanizmini qöllab kelmoqda. Bu mexanizm avval Danone va Carlsberg kabi kompaniyalarning Rossiyadagi aktivlariga nisbatan ham işlatilgan.

Reuters qayd etişiça, Rossiya Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlanganidan keyin xorijiy kompaniyalar aktivlari ustidan nazoratni kuçaytirgan. 2023-yilda imzolangan farmon Moskvaga Rossiya «döst bölmagan» deb hisoblaydigan davlatlar kompaniyalarining aktivlarini vaqtinçalik boşqaruvga ötkaziş imkonini bergan.

Nestlé Rossiya bozorida faoliyatini davom ettirib kelayotganini va buni aholi uçun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş zarurati bilan izohlagan. Kompaniya Reutersʼga avvalroq uning aktivlarini vaqtinçalik boşqaruvga ötkaziş böyiça Rossiya rasmiy idoralaridan murojaat olmaganini bildirgan.