Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Singapurda haydovchisiz avtobuslar sinovi uchun mini-shahar
Bloomberg Cingapurda haydovchisiz boshqariladigan avtobuslarni sinovdan o‘tkazish uchun ochilgan mini-shahar suratini e'lon qildi. Ikki gektarlik maydonda joylashgan shahar chorrahalar, svetoforlar, yo‘l belgilari va piyodalar o‘tish joylariga ega.
Yo‘llarda avtobuslar yomon ko‘rinish holatida qanday harakatlanishini tekshirib ko‘rish uchun balandliklar, osmono‘par binolar maketlari, yomg‘ir yog‘diruvchi mashina bor.
Olingan ma'lumotlar mahalliy rasmiylarga 2018 yilning ikkinchi yarmi davomida avtomatlashtirilgan transport uchun yo‘l harakati qoidalarini ishlab chiqishda yordam berishi kerak. Singapurda hozir 10dan ortiq kompaniya o‘zining haydovchisiz transport vositasini sinovdan o‘tkazmoqda.
Singapurda 2016 yilda dunyodagi birinchi bepul haydovchisiz taksi paydo bo‘ldi, nuTonomy kompaniyasi loyiha muallifiga aylandi. 2018 yilning yanvarida esa mamlakatda 20 soniya davomida quvvat oluvchi fransuz elektroavtobusi sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
09:16 / 31.12.2025
Olis hududlardagi 715 maktab o‘quvchilariga bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
14:14 / 28.12.2025