9 iyun kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) sammiti maydonida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşadi. Prezident şuningdek XXR, Hindiston va Tojikiston davlat rahbarlari bilan uçraşişi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, ŞHT sammiti 9-10 iyun kunlari Xitoyning Tsindao şahrida bölib ötadi.
Ta'kidlaş joizki, ŞHT 2001 yilda Şanxayda asos solingan doimiy faoliyat yurituvçi hukumatlararo xalqaro taşkilot hisoblanadi.
Hozirda ŞHTga a'zo mamlakatlar - Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston.
Şuningdek Afğoniston, Eron va Möğuliston ŞHT qoşidagi kuzatuvçi davlatlar maqomiga ega.












