Agar Eron özini tutişni özgartirmasa, unda Vaşingtonning Tehronga qarşi sanksiyalari tobora ortib boradi. Bu haqda AQŞ moliya vaziri örinbosari Sigal Mandelker ma'lum qildi.
Eronda yadroviy kelişuv doirasida uranni boyitiş quvvatlari oşirilmoqçi.
“Agar tuzum öz yönalişini özgartirmasa, bizning sanksiyalar ta'siri tobora ortib boradi va oğriqliroq böladi”, deb aytgan Mandelker.
Mandelker AQŞning barça hamkorlarini birlaşib, Eronga qarşi yangi sanksiyalarga qöşilişga çaqirgan.
Mandelkerning qöşimça qilişiça, Eron aviakompaniyalari muntazam ravişda Suriyaga jangarilar va qurol taşiydi.
“Sanktsiyalar ostiga tuşgan Mahan Airlines va Caspian Air, Pouya Air kabi boşqa aviakompaniyalar Suriyada uruş boşlangandan beri u yerga jangarilar va materiallar taşiydi”, deb aytgan Mandelker.
“Eron tijorat kompaniyalari “Quds” amaliyotlarida, qurol taşiş, xorijiy terrorçilik amaliyotlarini moliyalaştirişda muhim rol öynaydi”, deb aytgan AQŞ vakili va bunga amin böliş uçun aytib ötilgan aviakompaniyalar saytlarini közdan keçirib, ularning parvozlarini tahlil qilib çiqişni taklif qilgan.
“Keling oçiqçasiga aytamiz, bizning hamkorlar Mahan Airlines böyiça isbotlar keltirişimizni söraşganda, biz agar ular muntazam ravişda jangarilar va tovarlarni taşayotgan bölsa yana qanday isbotlar kerak, degan savol bilan yuzlanamiz. Odamlar Suriyaga ta'tilga bormaydilar”, deb qöşimça qilgan Mandelker.
U yevropalik hamkorlarni sanksiyalar ostiga tuşmaslik uçun bu aviakompaniyalar bilan ehtiyotkorroq hamkorlik qilişdan ogohlantirgan.












