ERON TeRMA JAMOASI
Laqabi: «Fors şahzodalari»
Konfederatsiya: OFK
FIFA reytingidagi örni: 21
Libos rangi: oq/qizil
Jamoa sardori: Masud Şojai
Osiyo çempioni: 1968, 1972, 1976
Jahon çempionati: 5-marta final bosqiçida qatnaşmoqda
Terma jamoa tarixida eng köp maydonga tuşgan: Javod Nekunam (151)
Terma jamoa tarixida eng köp gol urgan: Ali Dayi (109)
Tarixdagi eng yirik ğalaba: Guam - 19:0 (2000)
Tarixdagi eng yirik mağlubiyat: Turkiya - 1:6 (1950)

Tarixi

FIFAning jahon çempionatlariga nisbatan öz siyosatini özgartirişi qatnaşçilar sonining oşib borişiga va şuningdek, kuçli Yevropa jamoalarining öz örinlarini Osiyo yoki Afrika mamlakatlariga böşatib berişlariga töğri keldi. JÇ-78 saralaşlaridan boşlab, mundial saralaşlarida mintaqaviy zonalar paydo böldi, Osiyo va Afrika terma jamoalariga ham köproq örin tega boşladi. Masalan, oldingi jahon çempionatida Osiyo va Avstraliya uçun 1, Afrika uçun ham atigi 1 örin berilgandi.

Saralaş bosqiçidagi reformalar natijasida dunyo Eron terma jamoasini tanidi. Balki aslida sabab faqat bu omilda ham emasdir, çunki agar eronliklarning 70-yillardagi natijalariga qarasangiz, öşa jahon çempionatida Eron qatnaşmasa bölmasligini tuşunasiz. JÇ-78 turniridan oldin bölib ötgan sönggi uç Osiyo kubogida Eron çempion bölgandi. 1976 yilda Eron Osiyo öyinlarida ham ğolib çiqdi. Hatto öşa 1976 yili Eron Olimpidada ham munosib iştirok etib, çorak finalgaça çiqib borgandi. Bu natijalarning mantiqiy davomi sifatida, Eron 1977 yilda bölib ötgan saralaşning hal qiluvçi bosqiçini kötarinki ruhda ötkazdi. Osiyodan Janubiy Koreya, Xongkong va Kuvayt, şuningdek, Avstraliya terma jamoalari iştirok etgan guruhda forslar 8 öyinda birorta ham mağlubiyatga uçramadi va tarixda birinçi bor mundial yöllanmasini qölga kiritişdi.

Foto: Wikipedia

Öşa debyut jahon çempionatidan ham, 2006, 2014 yillardagi jahon çempionatlaridan ham eronliklarda yorqin xotiralar yöq desa ham böladi. Butun dunyoga özini namoyiş qila olgan eng muvaffaqiyatli musobaqa sifatida ular JÇ-98 ni eslaydilar.