Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani Ramazon oyi yakunlanişi va Ramazon Hayiti bayrami tufayli «Tolibon» radikal harakati bilan vaqtinçalik sulhga erişilgani haqida ma'lum qildi. 

«Afğoniston hukumati Ramazonning 27 kunidan (11 iyun) Ramazon Hayiti beşinçi kuniga (19 iyun) qadar sulh haqida e'lon qiladi», - deya yozgan Ğani Twitter’da.

«Sulh «Tolibon»ga zöravonlik kampaniyasi odamlarni öziga tortmasligi, balki afğon xalqi bu ğoyalardan yanada itarib taşlaşini tuşunişi uçun imkoniyat sanaladi», - deyiladi prezident xabarida.

Ğanining xabar berişiça, Afğoniston xavfsizlik kuçlari «faqatgina «Tolibon» harakati a'zolariga qarşi hujumlarni töxtatadi va IŞID hamda xorijiy davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi boşqa terrorçilik taşkilotlari bilan kuraşni davom ettiradi».