FIFA rasmiy sahifasida özbekistonlik referi Ravşan Ermatov jahon çempionatlari tarixida eng köp uçraşuvda işlagani eslatib ötildi.
FIFA World Cup sahifasida Ravşan Ermatov 2010 yilgi va 2014 yilgi jahon çempionatlarida jami 9 uçraşuvda işlab, bu borada mutlaq rekord örnatgani e'tirof etilgan. Özbekistonlik hakam bu borada fransiyalik Joel Kinyuning rekordini yangilagandi.
2018 yilgi jahon çempionatiga ham yöl olgan Ravşan Ermatovda yana bir neça uçraşuvda işlaş uçun imkoniyat mavjud va u öz rekordini yanada yaxşilab olişi mumkin böladi.
Ravşan Ermatov Özbekistonda bir qator ordenlar va mukofotlar sohibi hisoblanadi. U 9 marta Özbekistondagi eng yaxşi futbol hakami, Osiyoda 5 marta eng yaxşi futbol hakami bölgan, jahonning eng yaxşi futbol hakamiga berilgan Global Soccer Awards sovrini bilan taqdirlangan, 2013 yili IFFHS talqini böyiça jahonning eng yaxşi hakamlari önligiga kirgan.












