Microsoft kompaniyasi Şotlandiyaga qaraşli Orkney orollari yaqinida dengiz ostida 35,5 metr çuqurlikda 864 ta serverga ega ma'lumotlar markazini yaratdi.

Ma'lumotlar markazi elektr ta'minoti va internetga orollargaça çözilib ketgan suv osti kabeli orqali ulangan. Markazni saqlaş uçun xarajatlarni kamaytiriş maqsadida serverlarni sovitişda dengiz suvidan foydalaniş rejalaştirilgan. Aynan serverlarni sovitiş uçun katta miqdorda mablağ sarflanadi.
Kompaniya bir yil davomida markaz holati, kapsulalar içidagi harorat va korpusning germetikligini tahlil qilib boradi. Keyinroq kompaniya iqtisodçilari bu yönalişdagi işlarni davom ettiriş böyiça qaror qabul qilişadi. Muhandislarning fikriça, bunday markaz kamida 5 yil xizmat körsatiş zaruratisiz işlaydi.

Kompaniya 3 yil avval ham bunday texnologiyani sinovdan ötkazgan, öşanda kiçik ölçamli markaz Kaliforniya yaqinida okean tubida örnatilgan. Serverlar dengiz ostida 105 kun turganiga qaramay, mutaxassislar bunday markazni yaratiş ustidagi işlarni davom ettirişgan.












