Nyu-Yorkda yaşovçi Oskar Morel ştat Oliy sudi tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum etildi, unda muddatdan avval ozod etiş borasida murojaat yöllaş huquqi ham bölmaydi. Bunga uning imom Mavlon Akonjye va uning yordamçisi Tara Uddinni öldirgani sabab böldi, deb xabar qilmoqda The New York Times gazetasi.

Qotillik Kuins tumanida 2016 yilning avgustida yuz bergan. Morel Ar-Furqan masjidi yonida hujumni amalga oşirgan. U öz qurbonlariga ortdan kelgan va öq uzgan. 55 yoşli imom voqea joyida halok bölgan, uning 64 yoşli yordamçisi esa şifoxonada hayotdan köz yumdi.

Keyinçalik politsiya Morelni hibsga oldi. Uning uyidan töpponça va öq uzgan şaxsning kiyimiga öxşaş bölgan libos topilgan. Nyu-Yorkda yaşovçi şaxsga birinçi va ikkinçi darajali qotilliklar böyiça ayblov qöyildi, şuningdek, u öq otar qurolni noqonuniy saqlaşda ayblandi.
Morel tergov vaqtida hamkorlik qilişdan boş tortdi hamda röy bergan hodisaga aloqador ekanini tan olmadi. Sud maslahatçilari uni Bangladeşdan bölgan ikki şaxsni qasddan öldirganlikda aybdor, deb topdi.












