Şvetsiya sudi 2017 yilning aprelida Stokholm şahri markazida terakt sodir etgan Özbekiston fuqarosi Rahmat Oqilovni umrbod qamoq jazosiga mahkum etdi.
U terrorizmda va 5 kişining ölimida, şuningdek yana 119 odamga suiqasdda, 24 kişi hayotiga tahdid qilganlikda aybdor deb topilgan.
The Local xabarida qayd etilişiça, Şvetsiyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar qamoqxonada 16 yilga yaqin vaqt ötkazadi. Jazoni ötab bölgaç, Oqilov mamlakatdan çiqarib yuboriladi.
2017 yili 7 aprel kuni Şvetsiya poytaxti Stokholmda yuk maşinasi yöl çetidagi piyodalar ustiga katta tezlikda kelib, urilgan. Drottninggatan köçasida harakatlanib kelayotgan yuk maşinasi taxminan 500 metr masofani bosib ötişi bilan Åhlens savdo markazi joylaşgan binoga «bostirib kirgandi». Hodisa joyida 5 kişi vafot etdi, yana 15 nafar tinç aholi vakillari jarohat oldi.
Oqilov voqea joyidan qoçib ketgan, ammo tez orada qölga olingan, u sudda jinoyatni sodir etganini tan olgan.
Hujumdan oldin Rahmat Oqilov IŞIDga qasamyod qilgan. Terrorçilik taşkilotining özi esa hujum uçun javobgarlikni zimmasiga olmagan.












