AQŞ prezidenti Donald Tramp giyohvand moddalar sabab umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 63 yoşli Elis Meri Jonsonning qamoq muddatini qisqartirdi. Oq uy şu haqida xabar berdi.

Manbada ta'kidlanişiça, Jonsonning hatto evaralari ham bor. Ayol umrining deyarli 22 yilini qamoqda ötkazgan.

"Jonson xonim ötmişda qilgan işlari uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan va 22 yilga yaqin vaqt davomida namunali mahbus hisoblangan. Umrbod qamoq jazosiga qaramay, Elis qamoqda öz reabilitatsiyasi ustida köp işlagan va boşqa mahbuslar uçun ibrat bölgan", - deyiladi Oq uy xabarida.

Oq uy Jonsonning qaçon ozodlikka çiqişi va aynan nima uçun qamalganiga aniqlik kiritmagan.

Ma'muriyat giyohvand moddalarga qarşi qat'iy kuraşni davom ettiriş niyatida, lekin jamiyat oldida qarzini uzgan kişilarga ikkinçi imkon berilişi kerak, deb hisoblaydi.