Ta'kidlanishicha, yaqin orada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida Amerika tomonining iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan, Eron yadroviy bitimidan chiqishi, shuningdek, po‘lat va alyuminiyga bojlar joriy etgani masalasi muhokama qilinadi.

«Bugungi kundagi hal qiluvchi masala shundaki, bu qaror mavsumiy tebranish yoki g‘arb siyosiy hamjamiyatining parchalanishiga oid ilk simptomlar ekanini aniqlash kerak. Buni G7 taqdim etib, norasmiy tarzda unga boshchilik qilmoqdami?» - deya ma'lum qilgan Tusk.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa davlatlari Trampdan minnatdor bo‘lishi lozim, sababi hozirgi vaqtda Yevropa transatlantik aloqalarni himoya qilish uchun qo‘lidan kelgan barchasini amalga oshirishi zarur. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Merkel Yevropani «o‘zgarayotgan dunyoda» qat'iylikka chaqirgandi.