Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Yevropani «o‘zgarayotgan dunyoda» qat'iylikka chaqirdi
Foto: Krisztian Bocsi/Bloomberg
Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa ittifoqi davlatlarini AQSh hukumati Ikkinchi jahon urushidan so‘ng o‘rnatilgan jahon tartibini o‘zgartirayotgan bir paytda, qat'iylik ko‘rsatishga chaqirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bergan.
Merkel AQShning Eron yadroviy bitimidan chiqishi, Qo‘shma Shtatlar tomonidan po‘lat va alyuminiyga import bojlarining joriy etilishini yangi jahon muammolari sifatida tilga olgan. Uning fikricha, Yevroittifoq mamlakatlari o‘z pozitsiyasini «aniqlashtirishi kerak», shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashida «bir yoqadan bosh chiqarishi» lozim.
Germaniya kansleri Yevropa xalq partiyasi fraksiyasining Myunxendagi yig‘ilishi vaqtida shunday bayonot bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Merkel Rossiya G8’ga qaytarilmasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:52 / 24.01.2026
Rossiya tankeri O‘rta Yer dengizida boshqaruvni yo‘qotdi
15:54 / 22.01.2026
Merkosur bilan erkin savdo kelishuvi: yevrodeputatlar yuridik tekshiruv talab qildi
12:17 / 19.01.2026
Yevroittifoq AQSh bilan savdo kelishuvini ratifikatsiya qilishni to‘xtatadi
16:16 / 30.12.2025