2026 yilning birinçi yarmida Özbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga ösdi, deya ma’lum qildi prezident Şavkat Mirziyoyev bugungi selektorda.
Davlat rahbariga köra, sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilişda 13,8 foiz, qişloq xöjaligida 4,7 foiz ösiş kuzatilgan.
Kuni keça Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan Fiskal strategiyaga köra, yil yakuni böyiça YaIM hajmi 8,1 foizga ösişi kutilmoqda.
Bu – yil boşidagi prognoz keskin qayta körib çiqilganini körsatadi. 2026 yilgi davlat byudjyeti töğrisidagi qonunda 6,6 foizlik ösiş közda tutilgandi.
“YaIMning real ösişi 2027 yilda 6,9 foiz, 2028 yilda 7,1 foiz va 2029-yilda 7,4 foiz darajasida şakllanib, aholi jon boşiga YaIM hajmi 2027 yilgi 5 106 AQŞ dollaridan 2029 yilga borib 6 203 AQŞ dollarigaça oşişi prognoz qilinmoqda”, deyiladi fiskal strategiyada.
Eslatib ötamiz, 2025 yilda Özbekiston iqtisodiyoti 7,7 foizga oşib, oxirgi yillardagi eng tez iqtisodiy ösiş qayd etilgandi.
Bugun, 21 iyul kuni davlat rahbari raisligida birinçi yarim yillik natijalari va yil yakunigaça qilinadigan işlar muhokamasi bölib ötdi.
Unda Şavkat Mirziyoyev 40 millionli aholi hayotini yaxşilaş uçun 9-10 foizli iqtisodiy ösiş zarurligini ta’kidladi.
Qayd etilişiça, yilning birinçi yarmida yuqori ösiş bilan birga, investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport esa 14,4 milliard dollarga yetgan.
Fitch va Moody’s xalqaro reyting agentliklari esa Özbekistonning suveren kredit reytingini bir poğona yaxşiladi.
Şavkat Mirziyoyevga köra, har bir vazir va hokimning işi odamlarning yaşaş madaniyatida sezilmasa, tadbirkorlarning oğirini yengil qilmasa, bunday natija faqat “qoğozdagi raqam” bölib qoladi.
Oylik, çoraklik va yillik rejasini bajarmagan birorta vazir, hokim yoki tarmoq rahbari bunday şaroitda xotirjam işlaşga haqli emasligi qat’iy körsatib ötildi.











