Buxoro viloyatining Kogon şahrida yaqinining ölimidan tuşkunlikka tuşib, kasalxona xodimlariga tan jarohati yetkazgan oila a'zolari javobgarlikdan ozod etildi. Bu haqda Buxoro IIB xabar bermoqda.
Aka-uka Javohir va Jahongir Abduvohidov hamda ularning otasi Karim Raşidovlar Buxoro viloyatining Kogon şahar Tibbiyot birlaşmasi reanimatsiya bölimida Javohir Abduvohidovning turmuş örtoği M.Abduvohidova vafot etganidan söng unga tibbiy muolajalar körsatişning foydasiz ekanligini tuşuntirgan şifokor Barotov Şuhrat Karimoviçning yuz, çakka va burun sohalariga bir neça marotaba qöl va oyoqlari bilan qasddan uradi. Şifokor “boş miya lat yeyişi yengil darajasi, öng yonoq suyagini ikki joyidan yopiq sinib siljişi, gaymoral böşliq old devorining yopiq sinib siljişi” kabi örta oğirlikdagi tan jarohatlari oladi.
Şuningdek, ular şu kuni yuqoridagi holatni bartaraf qilmoqçi bölgan reanimatsiya bölimi feldşeri Qurbonov Furqat Qurbonoviçni boş va bel sohalariga qöl va oyoqlari bilan urib, “boş miya çayqalişi, öng tomon yagona buyrak lat yeyişi, yuqori labi çap yarmi içki qon quyilişi va şilinma, boş miya çap tepa sohasida qontalaş” kabi soğliqni qisqa muddatga buzilişiga sabab bölgan yengil tan jarohatlari yetkazişgan.
Jinoyat işlari böyiça Kogon şahar sudi işni mazmunan körib çiqib, sudlanuvçilar J.Abduvahobov, K.Raşidov va J.Abduvahobovning huquqqa xilof qilmiş jinoiy harakati Jinoyat Qodeksining 105-moddasi 2-qismi “v, i” bandlari va 109-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibini taşkil qilsa-da, sudlanuvçilarning harakatlari oğir oqibat keltirib çiqarmaganligi, qilmişidan puşaymonligi, oğir ruhiy iztirob, ya'ni marhuma M.Abduvohidovaning ölimi natijasida kelib çiqqan tuşkunlik holatida jinoyat sodir etganliklari, ijobiy tavsifnomasi, jabrlanuvçilarning da'vosi yöqligini inobatga olib, ular tomonidan sodir etilgan qilmiş ijtimoiy xavflilik xususiyatini yöqotgan deb topdi.
Jinoyat Kodeksining 65-moddasiga asosan, ularni javobgarlikdan ozod etib, jinoyat işini Özbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 5-qismi, 1-bandiga asosan harakatdan tugatdi.











