Germaniya qurolli kuçlari (Bundesver) NATO va Rossiya örtasida keng kölamli mojaro yuzaga kelgan taqdirda tibbiy yordam körsatiş rejasini işlab çiqmoqda. Mamlakat hospitallari kuniga 1000 ga yaqin yaralangan askarni davolaşga tayyorlanmoqda, dedi Bundesver markaziy tibbiy xizmati rahbari Ralf Xoffman 22 sentabr, duşanba kuni çop etilgan Reuters agentligiga bergan intervyusida. Unga köra, kunlik kasalxonaga yotqizilganlar soni janglar şiddati va iştirok etadigan harbiy qismlar va bölinmalarga boğliq böladi.

Agentlik ma’lumotlariga köra, Yevropa qurolli kuçlari 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi ortidan Moskva bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan mojaroga tayyorgarlikni tezlaştirgan. Germaniya ham Ukrainadagi uruş tajribasini hisobga olgan holda harbiy tibbiyot xodimlarini tayyorlaşni doimiy ravişda takomillaştirmoqda. «Ukrainadagi uruşning xarakteri keskin özgardi», deb ta’kidladi general Xoffman öq jarohatlaridan portlaş va uçuvçisiz uçoqlar hamda öq-dorilar tufayli kuyiş jarohatlari köpayişiga işora qilib. Uning qöşimça qilişiça, ukrainaliklar köpinça yarador askarlarni uçuvçisiz uçoqlar tufayli tezda evakuatsiya qila olmaydi, bu esa ularning ahvolini bevosita frontda uzoq vaqt barqarorlaştirişni talab qiladi.

Yaradorlarni taşiş uçun nemis harbiylari kasalxona poyezdlari va avtobuslaridan foydalanişni, şuningdek, havo tibbiy evakuatsiyasini kengaytirişni körib çiqmoqda. Yaradorlarga birinçi yordam frontda körsatiladi, söngra Germaniyaga, birinçi navbatda fuqarolik şifoxonalarida davolaniş uçun olib ketiladi. Xoffmanning hisob-kitoblariga köra, Germaniyaning umumiy siğimi 440 000 ming kişilik kasalxonalarida taxminan 15 000 örin kerak böladi. Hozirda taxminan 15 000 nafar kişiga ega Bundesverning Markaziy tibbiy xizmati kelajakdagi ehtiyojlarni qondiriş uçun kengaytiriladi, deya qöşimça qildi u.