«Verstka» naşri ma’lumotlariga köra, Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan buyon 900 dan ortiq rossiyalik harbiy xizmatçi şifoxonalar ustidan da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Ular tibbiy muassasalarning harbiy xizmatni davom ettiriş uçun jarohatlar töğrisidagi ma’lumotnoma berişdan boş tortgani va yaroqlilik toifalarini oşirib körsatayotganidan şikoyat qilmoqda, deb yozadi «Verstka» garnizon sudlarining 2022 yil martidan 2023 yil dekabrigaça bölgan statistik ma’lumotlariga tayanib.

«Ba’zi harbiy xizmatçilar şifokorlar ularning jarohatini yengil deb baholagani va jarohati töğrisida ma’lumotnoma bermaganidan norozi - bu hujjatsiz harbiylar davlatdan pul tovonini ololmaydi. Boşqalar esa jangovar harakatlarni davom ettiriş uçun özini yaroqsiz, deb hisoblaydi», - deya tuşuntiriladi materialda.

Şu bilan birga, qarorlar qabul qilgan şifoxonalarga nisbatan 866 ta da’voning atigi 35 tasi qanoatlantirilgan, deyiladi ma’lumotda. Unga köra, ommaviy şikoyatlar beriş 2022 yil avgustida boşlangan va umumiy safarbarlik boşlanganidan keyin yanada ortib, 2023 yil örtalarida eng yuqori çöqqiga yetgan. 

AQŞ: Rossiyadan 315 ming kişi halok böldi va yaralandi 

Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda halok bölganlar va yaralanganlar oşkor etmayapti. Oxirgi marta Rossiya Mudofaa vazirligi yöqotişlar haqida 2022 yil sentabrida 6 mingga yaqin harbiy xizmatçi halok bölgani yuzasidan xabar e’lon qilgan edi. Ayni paytda, Amerika razvedkasining dekabr oyi boşida oşkor qilingan hisobotiga köra, uruş paytida Rossiyaning Ukrainadagi umumiy yöqotişlari halok bölgan va yaralanganlar soni böyiça 315 ming harbiy xizmatçini taşkil etgan. 

Uruşni örganiş instituti (ISW) tahlilçilari uşbu ma’lumotlarga asoslanib hisob-kitob qilişiça, sönggi ikki oy içida Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Avdiyivkani egallaşga urinayotgan Rossiya armiyasi 13 mingga yaqin askar va zobitini yöqotgan, ular halok bölgan yoki yaralangan. Şu bilan birga, RF 11,1 kvadrat kilometr hududni egallab olgan. Şu tariqa, Rossiya Federatsiyasining yöqotişlari 1 kvadrat kilometr uçun 1000 dan ortiq kişini taşkil etdi.