Falastin soğliqni saqlaş vaziri Mey Kayle Ğazo sektorida dala kasalxonalarini joylaştiriş zarurligini ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, Ğazodagi şifoxonalar işini davom ettiriş uçun yonilği, elektr energiyasi va dori-darmon zarur. «Isroil hujumlari va yonilği taqçilligi sababli 16 kasalxona va 51 tibbiy markaz işlamay qoldi», dedi u.

Mey Kayle Ğazo sektorida 24 mingdan ortiq yarador bilan kuraşişga yordam beradigan dala kasalxonalarini joylaştiriş zarurligiga işora qildi.

Vazirning ta’kidlaşiça, jarrohlik operatsiyalari şifoxona yölaklarida va telefon nuri ostida steril bölmagan şaroitda amalga oşirilyapti.

Soğliqni saqlaş vazirligi rahbari jahon hamjamiyati va xalqaro tuzilmalarni yaradorlarni Misrdagi şifoxonalarga evakuatsiya qiliş hamda Ğazoga yonilği va tibbiy buyumlar yetkazib beriş çoralarini körişga çaqirdi.