Bir neça haftalik tinimsiz maşğulotlardan keyin Toşkent harbiy okrugiga qaraşli «Markaz» desantçilar tayyorlaş bazasida harbiy xizmatçilar “Toşkent dengizi”ga paraşyut bilan sakraşdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Öquv maydonçasida harbiy xizmatçilar paraşyut bilan sakraşgaça bölgan barça jarayonni havo-desant tayyorgarligi ofitserlari va yöriqçilar tomonidan ötkazilayotgan nazariy, amaliy maşğulotlarda puxta örganib, jangovar vazifani muvaffaqiyatli bajardi.
Harbiylar bir neça kun davomida MI-8 vertolyotidan paraşyut bilan 400 metr balandlikdan sakraşni amalga oşirib, jangovar şayliklari, tayyorgarliklari qay darajada ekanligini namoyiş etdi.
Suvga bexato “qöniş” desantçidan yetarli tajribani talab etadi. Bunda şamolning yönalişi va tezligini inobatga oliş, xavfsiz tuşişni ta'minlaydi. Ular suvga tuşgandan keyin paraşyutni yiğiştirib, qayiqçilarga topşirdi va qirğoqqaça bölgan 200-300 metr masofani suzib ötdi.

















