AQŞ prezidenti Donald Tramp va Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey «katta yettilik» sammiti doirasida rasmiy muzokaralar ötkazmaydi. Bu haqda Reuters Mey vakilining bayonotiga asosan xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, Mey G7 davlatlarining barça yetakçilari bilan rasmiy uçraşuvlar ötkazadi, biroq Tramp bilan körişmaydi. Ammo, vakilning ta'kidlaşiça, boş vazir AQŞ prezidenti bilan norasmiy tarzda ham uçraşişi ehtimoli bor.

«Katta yettilik» davlatlari yetakçilari AQŞ pölat va alyuminiy importiga yangi bojlar joriy etganidan söng, Tramp bilan ilk bora şaxsan uçraşişadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp G7 sammitini belgilanganidan oldin tark etişi xabar qilingandi.