Buxoro viloyati içki işlar boşqarmasi, Jinoyat qidiruv boşqarmasi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan Buxoro şahrida ötkazilgan tezkor-tadbirlar davomida, uy şaroitida tuğilgan bola uçun tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma tayyorlab berişni va'da qilib, fuqarodan 300 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan vraç-ginekolog qölga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kogon şahrida yaşovçi fuqaro, Buxoro viloyati IIB boşliği nomiga ariza orqali murojaat qilib, Buxoro şahridagi 7-sonli poliklinikada vraç-ginekolog vazifasida işlovçi “Z” ismli ayol uning qornidagi homilasini uy şaroitida tuğdirganligini, buning evaziga 400 AQŞ dollari olganligini, hozirda bolasining tuğilganligi töğrisidagi guvohnomasi yöqligi sababli unga viloyat Tibbiyot birlaşmasida işlovçi tanişlari orqali guvohnoma tayyorlab berişi mumkinligini, buning uçun esa, 300 AQŞ dollari berişini talab qilayotganligini bildirib, uşbu “Z” ismli ayolga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Mazkur ariza yuzasidan Buxoro viloyati içki işlar boşqarmasi, Jinoyat qidiruv boşqarmasi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida, 1981 yilda Buxoro şahrida tuğilgan, muqaddam Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 114-moddasida körsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uçun sudlangan, Buxoro şahridagi 7-sonli oilaviy poliklinikada akuşer-ginekolog vraç vazifasida işlovçi Z.O ariza muallifidan 300 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida qölga olindi.

Şuningdek, Tibbiyot birlaşmasida operator vazifasida işlab kelayotgan, 1994 yilda Kogon tumanida tuğilgan M. A ham özining jinoiy şerigi Z. O dan uşbu pullarni olayotgan vaqtida qölga olingan.











