Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Suğoriladigan yerlarni şamol eroziyasiga hamda suv xöjaligi obektlarini qum bosişiga qarşi ihota daraxtzorlari barpo etiş va rekonstruksiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan suğoriladigan yerlarni şamol eroziyasiga hamda suv xöjaligi obektlarini qum bosişiga qarşi ihota daraxtzorlari barpo etiş va ularni rekonstruksiya qiliş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi ikki oy muddatda “Örmonquriliş” davlat unitar korxonasini taşkil etadi va uning taşkiliy tuzilmasini, ştatlari röyxatini va ustavini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Quyidagilar “Örmonquriliş” DUKning asosiy vazifalari etib belgilandi:
suğoriladigan yerlarning şamol eroziyasiga hamda suv xöjaligi obektlarini qum bosişiga qarşi ihota daraxtzorlarini barpo etiş va rekonstruksiya qiliş işlarida buyurtmaçi vazifasini bajariş;
ihota daraxtzorlarini barpo etiş va rekonstruksiya qiliş işlarining boş pudratçilarini aniqlaş böyiça tanlov savdolarini ötkaziş, tanlov savdolari natijalari böyiça pudrat şartnomalarini tuziş, belgilangan tartibda texnik nazorat işlarini amalga oşiriş va işlarni qabul qiliş;
bajarilgan iş hajmlarini belgilangan tartibda pudratçilardan qabul qiliş, ihota daraxtzorlarini barpo etiş va rekonstruksiya qiliş böyiça bajarilgan loyihalarni yerdan foydalanuvçilarga topşiriş;
şahar va qişloq joylarda kökalamzorlaştiriş va landşaft dizayni bilan boğliq işlarni amalga oşiriş;
örmon kardonlari, yöllari va boşqa örmon xöjaligi obektlarini quriş;
örmon xöjaligini rivojlantiriş böyiça qonunçilikka zid bölmagan boşqa faoliyatni amalga oşiriş.
Quyidagilar “Örmonquriliş” DUK faoliyatini moliyalaştiriş manbalari hisoblanadi:
xöjalik faoliyatidan tuşadigan mablağlar;
Örmon xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari;
grantlar va qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Ihota daraxtzorlarini barpo etiş va rekonstruksiya qiliş loyihasi doirasida:
suğoriladigan yerlarning şamol eroziyasiga qarşi ihota daraxtzorlarini barpo etiş va rekonstruksiya qiliş böyiça loyiha taşabbuskori etib - Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, suv xöjaligi obektlarini qum bosişiga qarşi ihota daraxtzorlarini barpo etiş va rekonstruksiya qiliş böyiça - Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi;











