Xitoylik Syao Tsuyni körib, heç şubhasiz u kamida 80 yoşda ekanligini aytiş mumkin. Biroq aslida Tsuy 18 yoşli ösmir bölib, hali maktabda öqiydi va kamdan-kam uçraydigan sindromdan aziyat çekadi. Bu sindrom tufayli uning yuz muşaklari va terisi qari odamlarniki kabi osilib qolgan. Şu sababli ham u şunday qari körinadi.

Ösmir Xarbindagi maktabda öqiydi. Yigitning aytişiça, u kasallik alomatlarini bir neça yil avval seza boşlagan va öşandan beri u yil sayin “qarilaşib” bormoqda, uning terisi borgan sari osilib ketmoqda.
Şifokorlar ösmirga nima bölayotganini aniqlaşga urinmoqdalar. Mutaxassislar u qanday kasallikdan aziyat çekayotgani, uni qanday davolaş yoki jilla qursa, terisi osilişini qanday töxtatiş mumkinligi ustida boş qotirmoqdalar. Yigitda taşqi qiyofasini boridek qabul qilişdan va kayfiyatni tuşirmaslikdan boşqa iloji yöq.
Xayriyatki, Tsuydagi kasallik uning soğliğiga ta'sir qilmagan, u özini yaxşi his qiladi. Ta'kidlanişiça, u maktabdagi eng yaxşi öquvçilardan biri hisoblanadi. Sinfdoşlari u barça fanlarni yaxşi özlaştira olişi sababli uni Supermen deb ataydilar, Yigitning öqituvçilari ham uni maqtaydilar. Ular Tsuy boşidan köp narsani ötkazişiga töğri kelganiga qaramay, mamlakatdagi eng yaxşi universitetga öqişga kirişiga va öz oldiga qöygan maqsadlariga erişişiga işonişmoqda.
Yigitning aytişiça, ba'zida odamlar uni körinişi sababli mazax qiladilar, biroq bu vaziyatdan çiqişning bir yöli kayfiyatni tuşirmaslikdir.
“Agar men qiyofam meni taşvişlantirmaydi desam, aldagan bölaman. Biroq mening kuçim heç qaçon umidsizlikka berilmasligimdadir”, deb aytmoqda Tsuy.

Hozirda yigit imtihonlarga tayyorlanmoqda. U Xitoyning eng nufuzli ta'lim muassasalari hisoblangan Pekin universiteti yoki Tsinxua universitetiga öqişga kirişiga umid qilmoqda.











