9 iyunda Xitoyning Tsindao şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar yetakçilarining sammiti oçiladi. Bu sammit taşkilot taşkil etilgandan beri unga a'zo davlatlar yetakçilarining 18-sonli va unga Hindiston hamda Pokiston qöşilgandan keyingi ilk sammit böladi.
Sammit rasman 9 iyunda boşlanadi, biroq bu kun u butun Yevrosiyodan Tsindaoga kelayotgan yetakçilarning ikki tomonlama uçraşuvlari uçun maydonga aylanadi.
Keçasi tantanali ovqatlaniş marosimi bölib ötadi, unda Xitoy raisi Si Tszinpin sammitning barça iştirokçilari va mehmonlarini qutlaydi.
Sammitning asosiy işçi kuni 10 iyun böladi va bu kuni ŞHT yetakçilari kengaşi yiğilişi bölib ötadi hamda taşkilotning yaqin yillar uçun rivojlaniş yönalişini belgilab beruvçi köplab hujjatlar imzolanadi.
Ayni vaqtda Özbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qirğiziston, Qozoğiston va Tojikiston taşkilotning a'zolari hisoblanadi. Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston unda kuzatuvçi davlatlar maqomiga ega. Bundan taşqari, Armaniston, Şri-Lanka, Nepal, Kamboja, Turkiya va Ozarboyjon taşkilotga hamkor davlatlar hisoblanadi.
Sammit doirasidagi tadbirlar 2 kun davom etadi va Xitoy joriy yilda ŞHTda raislik qiluvçi davlat sifatida turli siyosiy va madaniy dasturlarni tayyorlagan.
ŞHT boş kotibi Raşid Alimov sammit arafasida Tsindao sammiti yakunlariga köra terrorçilikka qarşi kuraşdan boşlab savdo, iqtisodiyot, atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça hamkorlikni kengaytirişgaça bölgan mintaqaviy va xalqaro kun tartibining barça jihatlarini qamrab oluvçi 20 taga yaqin hujjat imzolanişi kutilayotganini ma'lum qilgandi. Sammit yakunlariga köra imzolanadigan asosiy hujjat Tsindao deklaratsiyasi böladi.
Şuningdek, 10 iyunda taşkilotning 2019-2021 yillar uçun yangi boş kotibi nomzodi tasdiqlanadi. Bu lavozimni Özbekistonning sobiq taşqi işlar vaziri Vladimir Norov egallaşi kutilmoqda.
Sammitda kutilayotgan yana bir muhim voqea unda Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning iştirok etişi hisoblanadi.












