Kanadadagi "Katta yettilik" sammitida tarğibotdan himoyalanişning yangi tizimini işlab çiqiş haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
“Tez reaksiya bildiriş mexanizmi” (Rapid Response Mechanism) saylovlar bilan boğliq manipulyatsiyalar, tarğibot işlari, şuningdek, “Rossiya kabi davlatlarning” “yöl qöyib bölmas harakatlari” va beqarorlaştiriş böyiça urinişlariga tez hamda muvofiqlaşgan holda javob qaytariş imkonini beradi.
Ta'kidlanişiça, tuzilma keng qamrovli böladi - kiberhujumlardan to zaharlaşgaça bölgan holatlarni qamrab oladi.
Bunday taşabbus Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meydan çiqqan bölib, u AQŞ yetakçisi Donald Trampning G8 sammitiga Rossiyani qaytariş böyiça taklifiga qöşilmadi. Meyning bildirişiça, uning Moskvaga tegişli pozitsiyasi şundan iboratki, “Rossiya bilan iş köriş kerak, ammo ehtiyot böliş şart”.

Taşabbus maqsadlaridan birida şunday deyiladi: “hamkor davlatlar siyosatini tuşuniş va tahdidlarga javob çoralarini qabul qiliş uçun hal qiluvçi jihatlarni yaxşilaş”. Buning uçun ehtimoliy tahdidlar va ular bilan kuraş usullari haqida ma'lumot almaşişni kengaytiriş taklif qilinmoqda.
"Biz yaxşilanmoqdamiz, hamda xalqaro tizimni örnatuvçi qoidalarni buzişga harakat qilayotganlarga qarşi muvofiqlaşgan holda çoralar köramiz", - deya aytib ötdi Mey.
G7’ga a'zo davlatlar yangi himoya tizimi yordamida axborot hujumlari haqidagi ma'lumotni tahlil qilişni, şuningdek, uni bir biri bilan almaşişni rejalaştirmoqda. Taxminlarga köra, ideal holatda hujumga muvofiqlaşgan reaksiya bildirilişi lozim, u javob kampaniyasi yoki sanksiyalar bilan ifodalanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya G8’ga nega qaytarilmasligini aytgandi.











