«Golden Steyt Uorriorz» Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA) pley-offi final seriyasi törtinçi bahsida «Klivlend Kavalers»ni yirik hisobda taslim etdi va MBA çempioniga aylandi. 

Klivlendda bölib ötgan bellaşuv mehmonlarning 108:85 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Ğolib jamoa safida Kevin Dyurant tripl-dablni (20 oçko, 12 töpni egallab oliş, önta töp uzatiş) rasmiylaştirdi. Eng sermahsul öyinçiga esa Stiven Karri aylandi, u 37 oçko jamğardi.

Mezbonlar safida Lebron Jyeyms 23 oçko töplaşga muvaffaq böldi.

Tört ğalabaga qadar bölgan seriya «Uorriorz»ning 4-0 hisobidagi ğalabasi bilan tugadi.

«Golden Steyt» uçun bu sönggi tört yildagi uçinçi çempionlik sovrini böldi.

MBA. Pley-off. Final. 4-öyin
«Klivlend Kavalers» (AQŞ, Klivlend) — «Golden Steyt Uorriorz» (AQŞ, Oklend) — 85:108 (25:34, 27:27, 13:25, 20:22)

Eslatib ötamiz, avvalroq Lebron Jyeyms afsonaviy Maykl Jordanning rekordini yangilagan edi.