Joriy yilning 9 iyun kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Sirdaryo viloyatiga taşrif buyurdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Taşrif davomida boş vazir raisligida viloyat markazi Guliston şahrida Xalq deputatlari şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi.

“Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining 2, 6, 25-moddalariga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan, Guliston şahri hokimi Şerzod Şuhratullayeviç Ismatullayev örniga Tölqinjon Tölanoviç Dadabayev Guliston şahar hokimi vazifasini bajaruvçisi etib tayinlandi.

T.Dadabayev 1965 yil Namangan viloyati, Uçqörğon tumanida tuğilgan. Bugungi kunga qadar “Toşşahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining kapital quriliş xizmati boşliği lavozimida faoliyat körsatgan.