Kanadada G7 sammiti öz faoliyatini boşladi. 

"Katta yettilik" mamlakatlari rahbarlari Kvebek provinsiyasining Şarlevua tumanida töplanişdi.

G7'ning 44-sammitida AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Kanada va Italiya davlatlari rahbarlari iştirok etişmoqda.

Sammit AQŞ prezidenti Donald Tramp va Fransiya davlat rahbari Emmanuel Makron örtasida avval rejalaştirilgan ikki tomonlama uçraşuvning bekor qilinişi bilan boşlandi. 

Oq uy vakillarining sözlariga köra, hozirda prezidentlar örtasida kunning boşqa qismida muzokaralar ötkaziş imkoni körib çiqilmoqda.

Sammitning kundalik dasturi doirasida Donald Tramp va Kanada boş vaziri Jastin Tryudolarning qöşma matbuot anjumani ötkazişi rejalaştirilgan.

Ta'kidlaş joizki, guruh uçraşuvlari kötarinki xavfsizlik şaroitlarida bölib ötmoqda.

G7 sammiti 9 iyun kuni öz nihoyasiga yetadi.