Ikki yil ilgari Misr hukumati Şitszyaçjuan şahri yaqinidagi mavzuiy parkda örnatilgan Katta Sfinks nusxasini demontaj qilişga erişgan edi, biroq xitoyliklar sayyohlar uçun bu "replika"ni yana oçişdi. ATOR şu haqida xabar berdi.

Sfinks nusxasi birinçi marta Xitoyda 2014 yilda paydo bölgan: uni Xitoy kinokompaniyasi bir filmga dekoratsiya sifatida qurgan, biroq keyin balandligi - 20 metr, eniga 60 metr keluvçi "rekvizit" Xebey provinsiyasidagi mavzuiy parkda paydo böldi va bu yerning eng markaziy attraksionlaridan biriga aylandi.

Misr qadimiy obidalar vazirligi YuNeSKOga soxta Sfinks ustidan şikoyat qilib, uni insoniyat madaniy merosiga tajovuz sifatida baholadi. Ularning fikriça, soxta nusxa haqiqiy Katta Sfinksga doir tasavvurlarni buzadi va Misrning turizm hamda kinosanoat daromadlarini kamaytiradi. 

Ikki yildan keyin Misr hukumati Xebeydagi haykalning demontajiga erişdi. Biroq 2018 yilning may oyida Xitoydagi Sfinks nusxasi yana qayta tiklandi va bu Misrda yana norozilik tölqinini uyğotdi. 

Misr qadimiy obidalar vazirligi YuNeSKO va XXR TIVga soxta Sfinksni yöq qilişni talab qilib murojaat qilişga tayyor ekanini bildirdi.