Yaxşilik – kişi xulqining ziynatidir. Bundan taşqari, yaxşilik qiliş orqali inson öz hayotini ham saodatga töldiradi, çunki yaxşi inson har yerda uluğ martabalarga erişib kelgan.

Jarir ibn Abdullohdan (r.a) rivoyat qilinadi:

Payğambarimiz (s.a.v): “Kim boşqalarga rahm-şafqatli bölmasa, unga ham rahm-şafqat qilinmaydi (ya'ni, Alloh u odamga rahm qilmaydi)” dedilar.

Şarh: “Qaytar dunyo”, degan hikmat bor-ki, bundan inson bolasi qoçib qutula olmaydi. Yuqoridagi hadis mazmuni ham ana şundan darak berib turibdi. Kim rahm-şafqatli bölsa, unga ham rahm-şafqat qaytadi.

Safvon ibn Salim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Payğambarimiz (s.a.v): “Kimki beva qolgan va noçor odamga yordam bersa (moddiy kömak körsatsa) u ... kunduz kunlari röza tutib, keçalari namoz öqiydigan odamdek (savobga ega böladi)” dedilar.

Şarh: Noçor odamlarga yordam qilişlikning savobi uluğligi, uning ajri kunduz kunlari röza tutib, keçalari namoz öqiydigan kişiniki singari bölişligini Payğambarimiz (s.a.v) aytib ötmoqdalar.

Oyşa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

Payğambarimiz (s.a.v) dedilar: “Jabroil (alayhissalom) menga qöşnilarga yaxşi munosabatda va xuşmuomalada bölişlikni şunçalik köp buyurdilarki, men hatto ularni menga merosxör qilişlikni buyursalar kerak, deb öyladim”

Şarh: Şu örinda qöşnilarga ham yaxşilik qiliş buyurilmoqda. Qöşnilar haqi şu qadar yuqoriki, yuqoridagi hadisdagi voqea ham bunga yaqqol misol böla oladi. Bundan kelib çiqadiki, kimki qöşnilarini norozi qilsa, ularning könglini oğritsa gunohkor bölib qoladi.

 

Oyşa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

Men dedim: “Yo Allohning Rasuli! Mening ikki qöşnim bor. Men qaysi biriga sovğamni hadya qilsam?”. Payğambarimiz (s.a.v): “Sizga eşigi yaqin bölgan qöşningizga”, deb javob berdilar.

Şarh: Qo‘şnilarga yaxşilik qilişda ham eng yaqin (yon) qöşnilardan boşlaş bizning muqaddas dinimizda tavsiya qilingan. O‘zbek xalqining “yon qöşning, jon qöşning”, degan maqoli ham bejiz aytilmagani ma'lum bo‘ladi.