Vazirlar Mahkamasining 6.06.2018 yildagi 424-son “Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Muddatli xizmatdan keyin – tadbirkorlikka
 
Norma’ning yozişiça, kamida olti oy xizmat qilgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatçilariga tadbirkorlik faoliyati uçun hujjatlarni rasmiylaştiriş va kreditlar beriş tartibini tuşuntiriş böyiça seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va amaliy maşğulotlar ötkaziladi. Eng örnak körsatganlarga imtiyozli kreditlarni rasmiylaştirişga sertifikatlar beriladi.
 
Mudofaa vazirligining jangovar qismlari va jangovar ta'minot bölinmalarining ofitserlariga hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining kontrakt böyiça harbiy xizmatçilariga byudjyet yengil avtomobillari sotib oliş uçun quyidagi şartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi:

• kredit muddati - 3 oylik imtiyozli davr bilan 10 yil;
• dastlabki badal - sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 15%i;
• foiz stavkasi - kredit berilgan sanada yiliga 7%.
 
Har bir harbiy qismdan jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlikda eng örnak körsatgan 10 nafargaça kişi bunday tarzda qöllab-quvvatlanişi mumkin.
 
Ofitserlar hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining boşqa xohlovçi kontrakt böyiça harbiy xizmatçilariga banklarning kreditlari hisobiga mamlakatda işlab çiqarilgan yengil avtomobillar sotib olişda kömaklaşiladi.
 
Tanlab oliş mezonlari
 
Harbiy xizmatçilarni ularga kreditlarning tegişli turlarini rasmiylaştiriş uçun taqdimnomalar beriş uçun tanlab oliş mezonlari yaqin vaqtda Mudofaa vazirligi tomonidan  işlab çiqiladi.
 
Hujjat 7.06.2018 yildan kuçga kirdi.