iPhone X ekranlari kuyib ketayotgani ma'lum qilindi
Apple’ning eng yangi iPhone X smartfoni noodatiy nuqsonga egaligi aniqlandi: qurilmaning OLED-displeyi uzoq vaqt ishlatilgandan keyin kuyishdan qorayib qolishi mumkin. Bunga DimaViper taxallusli bloger e'tibor qaratgan.
Bu muammo chakana savdo qiluvchi do‘konlardagi iPhone X’larda kuzatilmoqda. Bloger bir nechta do‘konlarni aylanib, u yerda vitrinaga qo‘yilgan barcha iPhone X’larning ekranlari qorayib ketganini aniqlagan. Bunda ekranda ishchi stoldagi dasturlar belgilari izlarini payqash mumkin. Bu vaqt o‘tishi bilan kuyib ketishi mumkin bo‘lgan OLED-ekran sababli yuz beradi.

Bunday holatni nafaqat iPhone X’da, balki organik yorug‘lik-diod asosidagi displeylarga ega boshqa qurilmalarda ham kuzatish mumkin. Gap shundaki, do‘konda bunday smartfonlar ekranida deyarli uzukun bir xil tasvir aks etib turadi. Bu tasvir esa displeylar piksellari “kuyishiga” olib keladi. Shu bilan birga bunday muammo IPS-ekranlar qo‘llanuvchi iPhone 8 va boshqa smartfonlarda uchramaydi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 12:08
-
«O‘zgidromet» havo harorati 40 darajadan oshishi va shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi
O‘zbekiston | 11:55
-
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi
Jahon | 11:50
-
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
O‘zbekiston | 11:43
Mavzuga oid

22:58 / 19.12.2022
Samsung buklanadigan ekranli noutbuk ishlab chiqarmoqchi

23:19 / 17.05.2021
Samsung bir nechta joyidan buklanuvchi OLED-ekran ishlab chiqdi

21:08 / 26.10.2020
Samsung o‘ta yuqori ko‘rsatish qobiliyatiga ega displey ishlab chiqdi

23:33 / 04.09.2020