“Katta yettilik” yetakchilari Isroil va Falastinni muzokaralar o‘tkazishga chaqirishdi
“Katta yettilik” yetakchilari Isroil va Falastin o‘rtasidagi ixtilofdan xavotir bildirishdi va tomonlarni muzokaralar o‘tkazishga chaqirishdi. Bu haqda guruhning yakuniy kommyunikesida aytilgan.
“Biz Isroil-Falastin ixtilofidan, ayniqsa oxirgi voqealar sababli, xavotirdamiz. Biz Isroil va Falastin o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini qayta tiklashni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu muzokaralarning maqsadi ikki tomon uchun tinchlik va xavfsizlikni ta'minlovchi yechimga erishishdir”, deb aytilgan hujjatda.
Isroilga qarshi 30 martdan beri davom etayotgan noroziliklarda 120 dan ko‘proq falastinlik halok bo‘lgan, mingdan ko‘prog‘i o‘q va gazdan jarohat olgan.
Isroil falastinlik namoyishchilarga qarshi haddan ziyod katta kuch ishlayotgani haqidagi ayblovlar va bu qon to‘kilishlarning xalqaro tergoviga chaqiriqlarni rad etmoqda. Isroil harbiylar qonun doirasida harakat qilayotgani va minglab falastinliklarning yopirilib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qurol qo‘llayotganini ta'kidlab kelmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024
Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi
10:31 / 21.11.2024