KXDR rahbari Kim Çen In AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan tarixiy uçraşuvni ötkaziş uçun Singapurga yetib keldi. Bu haqda Singapur TIV rahbari Vivian Balakrişnan ma'lum qilgan.
Tramp ham bugun keçqurun Singapurga yetib kelişi kutilmoqda. Uning samolyoti ayni vaqtda Kritda yoqilği quyiş uçun töxtagan.
Manba ma'lumotiga köra, Kim Çen In Tramp bilan uçraşuvdan oldin Singapur boş vaziri Li Syanlun bilan ham uçraşadi.
AQŞ va KXDR rahbarlari uçraşuvi 12 iyun kuni Singapurdagi Sentoza orolida ötkazilişi rejalaştirilgan.
Donald Tramp sammitdan oldin Kim Çen In bilan alohida yakkama-yakka uçraşuv ötkazmoqçi. Muzokaralarda AQŞ va Şimoliy Koreya örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş, elçixonalar oçiş masalasi muhokama etilişi közda tutilgan.
Tomonlar şuningdek KXDRning yadroviy sinovlarini töxtatiş masalasini ham muhokama qilişlari kutilmoqda.












