AQŞ prezidenti Donald Tramp “AQŞ Qrimni Rossiya hududi deb hisoblaşi kerakmi?” degan savolga oçiqça javob berişdan qoçdi. Bu haqda FOX News telekanali ma'lum qildi.  

“Siz bu haqda yaxşisi prezident Obamadan söraşingiz kerak, çunki u Qrimni qöldan çiqardi. Bu hodisa hokimiyat tepasida uning ma'muriyati bölgan vaqtda yuz bergan. Va aynan u Rossiyaga Qrimga köp mablağ sarflaşga ijozat bergan. Undan nima uçun bunday qilganini söraş kerak”, deb javob qilgan Tramp.

Tramp bu masalaga ehtimol umuman boşqa munosabatda ekanligini ta'kidlab ötgan.    

“Siz bu savolni Obamaga berişingiz kerak. Boz ustiga, bu ança avval bölgan”, deb aytgan Tramp.

Ukraina hududi hisoblangan Qrim va Sevastopol Rossiya tarkibiga 2014 yil mart oyida qöşilgan.