Özbekistonda Iyd al-Fitr — Ramazon hayiti bayrami uç kun nişonlanadi. Bu Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «2018 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi PF–5290-sonli farmonida öz ifodasini topgan.
«Xalqimizning saxovat, mehr-muruvvat va marhamatlilik, birdamlik kabi oliyhimmat sifatlari, şuningdek milliy-diniy qadriyatlarni saqlaş va uluğlaş maqsadida 2018 yildan boşlab Qurbon hayit va Ramazon hayiti kabi muqaddas bayramlarini nişonlaş uçun bayram kunlariga yaqin iş kunlariga alohida dam oliş kunlarini köçiriş yöli hisobiga ketma-ket uç dam oliş kuni joriy etiladi», — deyiladi prezident farmoniga şarhda.
Farmonga köra, Qurbon hayitida ham uç kunlik dam oliş kuni e'lon qilinadi.
Eslatib ötamiz, 2018 yilda Ramazon hayitining birinçi kuni oy körinişiga qarab belgilanadi. U Ramazon oyining 29 yo 30 kun bölişidan kelib çiqib, iyun oyining 15- (juma) yo 16-sanasi (şanba)ga töğri kelmoqda.










