Joriy yilning yanvar - may oylarida Özbekiston Respublikasida jami 16 551,7 mlrd. söm quriliş işlari bajarilgan bölib, ösiş sur'ati ötgan yilning mos davriga nisbatan 111,5%ni taşkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.

Jami quriliş işlari hajmidan yirik pudrat taşkilotlari tomonidan 5 402,0 mlrd. söm quriliş işlari bajarilib, jami quriliş işlari hajmidagi uluşi 32,6% hamda ötgan yilning mos davriga nisbatan 134,0%ni taşkil etdi.

Kiçik korxona va taşkilotlar, mikrofirmalar hissasiga jami quriliş işlari hajmining 41,8%i yoki 6 912,7 mlrd. söm töğri keldi va ötgan yilning mos davriga nisbatan 108,3%ni taşkil etdi, norasmiy sektor hissasiga esa 25,6% yoki 4 237,0 mlrd.söm töğri keldi hamda ötgan yilning mos davriga nisbatan 95,3%ni taşkil etdi. 

Yirik pudrat taşkilotlari tomonidan bajarilgan quriliş işlarining eng kam uluşi Jizzax viloyatida kuzatildi 1,3%. Bu hududda quriliş işlarining asosiy qismi kiçik taşkilotlar va mikrofirmalar tomonidan bajarilib, mazkur hududdagi jami quriliş işlarining 61,1%ini taşkil etdi. Norasmiy sektor tomonidan esa 37,6% quriliş işlari bajarildi.

Sirdaryo viloyatida kiçik taşkilotlar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan quriliş işlarining uluşi eng katta böldi – 75,7%. Mazkur hududda yirik taşkilotlarning uluşi 4,1% va norasmiy sektorning uluşi 20,2%ni taşkil etdi. 

Quriliş işlarining hududlar kesimida eng yuqori ösiş surati Navoiy hamda Toşkent viloyatlarida kuzatildi. Navoiy viloyatida «Auminso-Amantoy konlari» da oltin-ma'danli konlarni qazib oliş va qayta işlaş böyiça konlarni quriş, Amudaryo-Zarafşon suv yölida nasos stansiyasini rekonstruksiya qiliş kabi loyihalarning amalga oşirilayotgani tufayli uşbu hududda ösiş suratining 124,7% bölişini ta'minladi.

Toşkent viloyatida yakka tartibda turar joy qurilişining jadal borişi tufayli ösiş surati ötgan yilning mos davriga nisbatan 114,8% bölişi ta'minlandi. Toşkent şahridagi yuqori ösiş surati, ya'ni 111,7% metro liniyalarining qurilişi,

Toşkent şahar halqa yölida elektropoyezdlar uçun temir yöl qurilişi va boşqa loyihalarning bajarilişi natijasidir.

Iqtisodiy faoliyat turlari böyiça quriliş işlarining asosiy qismi quriliş loyihalarini işlab çiqiş, turar joy va yaşaş uçun möljallangan binolar quriş hamda yaşaş uçun möljallanmagan binolarni quriş böyiça amalga oşirilgan quriliş işlaridan taşkil topdi. Ularning uluşi jami quriliş işlari hajmida 78,8%ni taşkil etdi va ötgan yildagi körsatkiçga nisbatan 1,6% punktga köpaydi.