Braziliya termasi Rossiyaga keldi
Braziliya terma jamoasi 14 iyun kuni boshlanadigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun Rossiyaga keldi. Bu haqda Braziliya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
Braziliya termasi musobaqa davomida Sochida joylashadi. Ushbu terma jamoa 12 iyun kuni «Yug-sport» stadionida ishqibozlar uchun ochiq mashg‘ulot o‘tkazadi.
2018 yilgi jahon chempionati Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Braziliya termasi musobaqa guruh bosqichini Shveytsariya termasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi (17 iyunda Rostov-Donda). Shundan so‘ng Tite shogirdlari Kosta-Rika bilan to‘qnash keladi (22 iyunda Sankt-Peterburgda), guruh bosqichini esa Serbiya termasi bilan o‘yin orqali yakunlaydi (27 iyunda Moskvada).
Mavzuga oid
02:08 / 03.12.2022
JCh-2022. Braziliya to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda 1-o‘rinni egalladi, Shveytsariya - pley-offga chiqqan so‘nggi jamoa
02:41 / 25.11.2022
JCh-2022. Braziliya mundialni Serbiya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
09:13 / 27.03.2019