Innovatsion rivojlaniş vazirligi 26 may kuni kuzatilgan tuz böroni oqibatlarini bartaraf etiş yölida navbatdagi amaliyotni Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşirdi.

Vazirlik xodimlari va mutaxassislaridan iborat guruh fermerlarni Xöjayli tumanidagi amaliy seminarga taklif etdi. 150 dan ortiq fermerlar iştirok etgan mazkur tadbirda, bioorganik kimyo instituti tomonidan taqdim etilgan Biosolvent va DAG-1 preparatlarini qanday işlatiş, ta'sir muddati va şu bilan boğliq jarayonlar haqida ma'lumot berildi. Şundan söng, mutaxassislar tuzdan zarar körgan hududlardan biriga taşrif buyurişdi. Bu yerda tuproq va ekinlardan namuna olinib, örganiş uçun laboratoriyaga yuborişdi. Maqsad, tuproq va ösimliklar tarkibini örganiş va mabodo yana şunday holat takrorlangudek bölsa, tez ta'sir etuvçi va tabiiy ofat yetkazadigan zararni oldini olişga tayyor turiş. Şuningdek, maxsus texnika yordamida preparatlar zarar körgan yerlarga sepildi.

Bundan avval Innovatsiya vazirligi işçi guruhi ayni işni Xorazm viloyatida amalga oşirgan edi. Kuzatuv natijalariga köra, iyun oyining boşida uşbu preparatlar sepilgan dalalarda bugungi kunda tuproq tarkibi zararli tuzlardan tozalangan va ğöza ğunçalari yiriklaşgan.















