“Islom nuri” dasturining bugungi sonida har bir mömin-musulmon amal qilişi, öz hayotining ajralmas odatiga aylantirişi lozim bölgan isrofdan saqlaniş va isrofning oqibatlari haqida söz boradi. Bu mavzu haqida “Kamoliddin Orif – al Buxoriy” jome masjidi diniy xodimi Qobil qori Odiljon öğli batafsil sözlab berdi.
YouTube'da tomoşa qiliş
Tas-IX'da tomoşa qiliş
- Payğambarimiz (s.a.v) Haybar bilan Madinaning (şahar nomlari – tahr) örtasida uç kun turib qoldilar. Öşa payt Bani Qurayza qabilasi rahbarining qizlari Sofiya onamizga uylangan paytlari ekan. Töy bölişi kerak ekan. Şunda u Zot (s.a.v) “terilardan dasturxon qiling”, dedilar. Taomiga xurmolar qöyildi. Ana şunday oddiy dasturxon ustida Rasululloh (s.a.v) nikohlarini e'lon qilgan ekanlar.
Sönggi paytda töylarimizda va hatto iftorliklarda dabdaba, isrofgarçiliklar, taom ustiga taom qöyilişlari kuzatilmoqda. Yeb-içiş kerak, uy egalari ham yaxşi niyatda taomlarni dasturxonga qöyişadi, lekin isrofgarçilikka yöq qöymaslik kerak. Odamlarimiz iftorlikning savobini topaman deb harakat qilişadi. Iftorlikning savobini isrofga yöl qöyib, dabdabali dasturxon yozib, 100-200 nafar odam çaqirib topib bölmaydi. Uning savobini boşqa yöl bilan topsa ham bölar ekan.
Iftorlik dasturxoniga ketadigan noz-ne'mat, unga böladigan xarajatni muhtoj bölgan odamlarning xonadoniga olib borib berilsa, öşa odamlarga moddiy yordam körsatilsa u ham iftorlikning savobini olib keladi.

Qobil qori Odiljon öğli
Misrda öqib yurgan kezlarimda Ramazon oyida bir holatning guvohi bölardim. Aynan mana şu oy misrlik oziq-ovqat sotuvçilar narx-navoni tuşirişar edi. Ular bu işni Ramazonning hurmati, yurtdoşlarimiz, dindoşlarimiz mana şu ne'matlardan iste'mol qilişsin, bu bizning ularga qilgan iftorligimiz bölsin, deb amalga oşirişardi.










